HTBDP haqida
Siyosat bilan qiziqmaydigan xalqni, xalq bilan qiziqmaydigan Siyosatchilar boshqaradi! (© Anasxon SaidAsadiy ) Siyosiy tuzumni qonuniy asosda oʼzgartirish uchun mamlakat siyosiy maydonida erkin, sogʼlom va shaffof raqobat boʼlishi zarur, saylovchilarda tanlash huquqini amalga oshirishi lozim, buning uchun mustaqil va muxolifatdagi siyosiy partiyalar boʼlishi shart. .
Shu bois tuzilayotgan “Haqiqat, Taraqqiyot va Birdamlik demokratik partiyasi”ning siyosiy maydonga chiqishi zarurat, obʼektiv jarayondir.
HTBDP – aynan Halqimiz va Millatimiz kelajagi uchun Yagona Yechim!
Maqsadimiz
Tub siyosiy, huquqiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish orqali avtoritar siyosiy tizimdan qonun oldida hamma bir xilda javobgar, teng va erkin boʼladigan milliy huquqiy davlatchilik, demokratik jamiyatga oʼtish partiyaning bosh maqsadi etib qabul qilingan.
Shu jumladan:
- Shaffoflik
- Fuqarolar Faolligi
- Hisobot va aniqlik
- Halq Saylovlari
- Konstitutsiya ustuvorligi
- Sud tizimi mustaqilligi
- Ombudsman faolligi
- Qonun oldida Tenglik
- Impichment mavjudligi
- Nollashtirish yoqligi
- Saylovlar faqat Halqniki
- Moliyaviy hisobotlar
- Matbuot Erkinligi
- Axborot Erkinligi
- Shaxs fikri muhimligi
- Demokratiya ustuvorligi
HTBDPga ISHONCH
Bugun hech kim bajarishni istamagan ishni bajar va ertaga hech kim yashay olmagan hayotda yashaysan! Qonun oldida hamma bir xilda javobgar, teng va erkin boʼladigan milliy huquqiy davlatchilik, demokratik jamiyat qurish yoʼlida birlashaylik!
Bizni qoʼllab-quvvatlang, har bir fuqaro imzosi umumiy kelajagimiz uchun muhim!
Imzo royhati
HTBDP Markaziy Kengashi
Partiyaning Markaziy Kengashi doimiy rahbar organi hisoblanadi. Markaziy Kengashning tarkibi Rais, rais oʼrinbosari va uch aʼzodan iborat boʼlib besh yil muddatga saylanadi.
Batafsil HTBDP ustavida tanishish mumkin!
HTBDP a'zolik
Partiya aʼzolari: partiyaning kundalik faoliyatida ishtirok etish; partiya rahbar organlarini saylash va unga saylanish; partiya faoliyati bilan bogʼliq barcha maʼlumotlar bilan tanishish; partiya aʼzoligiga kirish va undan chiqish huquqiga egadirlar;